07:44 / 14.10.2015
3407

Dushanbe yaqinida neft bazasida yuz bergan portlash tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri yaqinida joylashgan neft bazasida portlash yuz berishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

"13 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da, Moskva vaqti bilan soat 16:00da Ro‘dakiy tumanidagi Arboboxun qishlog‘ida joylashgan neft bazasida portlash yuz berdi. Portlashga xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan", deyiladi Tojikiston IIV xabarida.

Ushbu hodisa tufayli voqea joyidagi 4 kishi halok bo‘lgan va bir qancha ishchilar jarohatlanib, shifoxonalarga yetkazilgan.

Bu baza «Gazprom neft — Tadjikistan» tomonidan ijaraga olingani aytilgan.

Top