10:53 / 14.10.2015
2611

Hindiston elchisi O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

2015 yilning 12 oktabr kuni Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Vinod Kumarni iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari D. Turdiyev qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston rahbarining Hindistonga 2011 yildagi tashrifi, shuningdek, Hindiston bosh vazirining O‘zbekistonga 2015 yildagi tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomon ham o‘zaro aloqalarning bugungi darajasi mavjud salohiyatga to‘la muvofiq kelmayotganini tan olishdi. Har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun bir qancha takliflar bildirildi.

Top