15:44 / 14.10.2015
3535

Ispaniyalik jurnalist shveysariyalik tennischi qizni konslager soqchisiga o‘xshatdi

El Mundo nashrida ispaniyalik tennischi Garbine Muguruzaning Pekindagi ATZ turniri finalida shveysariyalik tennischi Timea Bachinski ustida qozongan g‘alabasi munosabati bilan chiqarilgan maqolada muallif shveysariyalik tennischini o‘zining o‘tgan asrda o‘zining shafqatsizligi bilan mashhur bo‘lgan fashistlarning konslageri nazoratchisi Irma Grezega tenglashtirdi.

Emiliya Landalyus ismli jurnalistning yozishicha, Bachinski va Greze o‘rtasida tashqi ko‘rinishlardagi o‘xshashlikdan tashqari, shveysariyalik tennischining shafqatsiz o‘yin uslubi ham fashistni eslatadi.

Bu maqola ko‘p vaqt o‘tmasdan nashrdan olib tashlangan, jurnalist esa tvitteri orqali tennischidan uzr so‘ragan.

"Hurmatli Timea. Men o‘z maqolamda sening hamiyatingga tekkanim uchun chin dildan uzr so‘rayman. Bu shunchaki hazil va biroz haddan oshish bo‘ldi. Boshqa bunday qilmayman", deb yozadi Landalyus.

Top