14:10 / 14.10.2015
8970

Jyeb Bush: Putin oqibatlarni o‘ylamayapti

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Jyeb Bush Reuters agentligiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning dunyo miqyosidagi yetakchilikni bajarmayotganidan foydalanayotganini ta'kidladi.

“U bilan uning o‘z qoidalari bo‘yicha qarama-qarshilik olib borish kerak. Yanada harbiylashgan atmosfera hosil qilish kerak emas, u oqibatlarni o‘ylamayotganini gapirish kerak”, - dedi siyosatchi.

Bushning so‘zlariga qaraganda, prezidentlikka saylangan taqdirda, G‘arb va arab davlatlari koalitsiyasini yaratib, Bashar Asadning hokimiyatdan ketishiga zamin yaratadi, bu esa, uning fikricha, ixtilofni bartaraf qiladi.

Top