09:56 / 14.10.2015
3865

Jyennifer Lourens Hollivudda ayollar va erkaklarning gonorarlaridagi farqdan noroziligini bildirdi

2015 yili eng katta daromad olgan aktrisa Jyennifer Lourens “Nega men erkak aktyorlardan kam pul ishlayman?” nomli esse yozib, uni internetga joylashtirdi. Unda Hollivudda erkaklar va ayollarga to‘lanadigan gonorarlar o‘rtasidagi farq tanqid ostiga olindi.

Yosh aktrisaning so‘zlariga qaraganda, Sony Pictures kompaniyasining yozishmalar xakerlar tomonidan o‘g‘irlanib, internetga joylashtirilganidan so‘ng, “Amerikacha firib” filmida ayollar aktyorlik tarkibi erkaklarga nisbatan ancha kam maosh olgani ma'lum bo‘lgan. Filmda bosh rollarni ijro etgan erkaklar – Kristian Beyl va Bredli Kuper kassa yig‘imlarining 9 foiziga, Lourens va Emi Adams esa 7 foiziga ega bo‘lishgan.

Shuningdek, Lourens muzokaralar chog‘ida “injiq va qaysar” degan nom qozonmaslik uchun tezda taklif qilingan narxga rozi bo‘lganini tan oldi.
Bunga javoban kompaniyaning sobiq raislaridan biri, yuqoridagi film bilan shug‘ullanagn Emi Paskal ayollarga har qanday takliflarga ko‘nmaslikni maslahat berdi, negaki “odamlar kamroq pul uchun ishlashga tayyor bo‘lsa, ularga kamroq pul beriladi”.

Top