22:40 / 14.10.2015
5803

KUN.UZ dayjesti: 14 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi>>

Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi Yevro-2016 saralashining so‘nggi turida Isroilni 3:1 hisobda yengdi va "V" guruhidan birinchi o‘rin bilan Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

99,99 foizi havodan iborat eng yengil metall yaratildi>>

Boeing kompaniyasi dunyoda eng yengil metall yaratilganligini namoyish qiluvchi videoni tarqatdi. Metallga mikrolattis deya nom berishdi. U 99,99 foiz havodan iborat. Shunchalik yengilligidan uni qoqigulning pari ustiga qo‘ysa ham bo‘ladi! Yangi metallni samolyotsozlik, mashinasozlik va boshqa sohalarda qo‘llash mumkin.

Toshkentlik haydovchi “Volga”sini kabrioletga aylantirib oldi>>

Toshkentlik noma'lum haydovchi “Volga” GAZ-21 avtomobiliga kabriolet shaklini berdi. Ushbu mashina fotosurati Facebook’dagi Only in Uzbekistan guruhida joylashtirildi.

Fotograf bir-birimizga qanchalar uzoq ekanimizni ko‘rsatish uchun suratlardagi telefonlarni o‘chirib chiqdi>>

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi fotograf Erik Pikersjil insonlarning mobil uskunalarga qanchalik ruju qo‘ygani muammosiga e'tibor qaratdi.

Messi ismi yozilgan futbolkalar dunyo bo‘ylab eng xaridorgirligi ma'lum bo‘ldi>>

2015 yilning 1 iyulidan 30 sentabriga qadar «Barselona» jamoasining argentinalik futbolchisi Lionel Messining futbolkalari eng ko‘p miqdorda sotilgan.

Toyota 2050 yilgacha benzinda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishni butunlay tugatishni taklif qilmoqda>>

Yaponiyaning Toyota avtokonserni 2050 yilgacha benzinda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishni butunlay tugatishni taklif qilmoqda. Buning o‘rniga, korporatsiya mutasaddilarining fikricha, gibrid mashinalarga o‘tish vaqti keldi.

DM: Muhojirlarni Londondan Manchesterga 50 ming yevrolik limuzinlarda tashilmoqda>>

Muhojirlar Londondan Manchesterga 50 ming yevro turadigan limuzinlarda eltishmoqda, deya xabar berdi Daily Mail.

Xabarovskdagi savdo markaziga ayiq bostirib kirdi (video)>>

2015 yilning 14 oktabr kuniga o‘tar kechasi bir yoshli ayiq Rossiyaning Xabarovsk shahridagi savdo markazlaridan birining kirish eshigini boshi bilan buzib ichkariga kirgan. Bu haqda «Interfaks» mahalliy huquq-tartibot idoralari bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li futbolchiga “Oltin butsa” topshirilayotganda otasiga nojo‘ya imo-ishora qildi>>

Madridning “Real” futbol jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li futbolchiga “Oltin butsa” mukofoti topshirilayotganda unga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi. 

Britaniyalik 81 sm. bo‘yli qiz o‘zidan ikki baravar baland yigitga turmushga chiqdi>>

Britaniyaning Xinkli shahrida yashovchi, bo‘yi 81 sm. li qiz 185 sm. bo‘yga ega yigitga turmushga chiqdi, deb yozmoqda The Daily Mail.

Putin amaldorlarga xorijiy aviakompaniyalar samolyotlarida uchishni taqiqladi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat xizmatchilariga faqatgina Rossiya yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aviakompaniyalari bilan uchishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi.

Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik quriladi>>

Xitoyning Xunan viloyatidagi Chjantszyanze shahridan uzoq bo‘lmagan masofadagi milliy park hududida dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik barpo etiladi. Bu haqda Fox News xabar bergan.

Viner-Usmonova: Alina Kabayeva Birinchi kanalda gimnastika haqidagi ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishi mumkin>>

Yaqinda Rossiyaning Birinchi kanalida boshlanadigan badiiy gimnastikaga bag‘ishlangan teleloyihaga 2004 yilgi Olimpiya chempioni, ikki karra mutlaq jahon chempioni Alina Kabayeva boshlovchilik qilishi mumkin, deb aytdi “R-Sport” agentligiga Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova.

Farg‘onada oktabr oyida birinchi marta gilos undi>>

Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida gilos unib chiqqani qayd qilindi. Oktyabr oyi uchun bu kutilmagan holat bo‘ldi.

Top