16:38 / 14.10.2015
5630

Lavrov: AQSh Suriya bo‘yicha muzokaralardan bosh tortdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Rossiya delegatsiyasi bilan Suriya ixtilofini muhokama qilishdan bosh tortgani haqida gapirib berdi.

“Biz ularga kecha prezidenti Vladimir Putin aytgan narsani, ya'ni Moskvaga harbiy ekspertlar delegatsiyasini yuborib, bir qator qo‘shma qadamlar tashlashni taklif qildik, shundan so‘ng biz Vashingtonga bosh vazir Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiyani yuborishga tayyor edik, - dedi u. – Bugun ular bizga javob berishdi. Aytilishicha, Moskvaga delegatsiya yuborishning ham, Vashingtonda delegatsiya qabul qilishning ham iloji yo‘q ekan”.

Top