11:13 / 14.10.2015
8134

Poyezd chiptalari internet orqali sotilishi boshlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdlarining mamlakat ichidagi va xalqaro reyslarga (MDH mamlakatlari) chiptalarini 12 oktabrdan boshlab eticket.uzrailway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Kompaniyadan «Gazeta.uz»ga xabar qilishlaricha, ayni paytda elektron chiptalar haqini UZKART onlayn kartasi bilan so‘mda to‘lash, karta egasi bilan sayohat qiluvchining ismlari o‘zaro to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Masalan, boshqa mamlakatda yashayotgan qarindoshga chipta sotib olsa ham bo‘ladi.

Elektron chiptani xarid qilish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Reys, vagon turi va joyni tanlab, sayohat qiluvchining pasport va boshqa ma'lumotlarini kiritgandan so‘ng pul o‘tkaziladi, so‘ngra chiptani qog‘ozga chiqarib olish mumkin.

Agar uni chop etish iloji bo‘lmasa, elektron chipta raqamini (14 ta raqam) qog‘ozga yozib, borib kassadan olish ham mumkin. Elektron chiptalarni rasmiylashtirish qoidalari va tartibini «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning saytidan o‘qib bilib olsa bo‘ladi.

Top