09:18 / 14.10.2015
15181

Rasmiy Toshkent yana bir marta Tojikiston va Qirg‘izistonda yirik GES qurilishiga qarshi chiqdi

O‘zbekiston Milanda yana bir marta Tojikiston (Rog‘un GES) va Qirg‘iziston (Qambarota GES)da ulkan to‘g‘onlar qurilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda 12news.uz internet nashri xabar qildi.

“Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslaridan umumqabul qilingan xalqaro me'yorlar asosida, hududdagi barcha davlatlar manfaatlari hisobga olingan holda oqilona va odilona foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda”, - dedi O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov o‘zining Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida.

“Daryoning yuqori qismlarida bunyod etilishi rejalashtirilgan har qanday yirik gidrotexnik inshootlar BMT rahnamoligidagi mustaqil xalqaro ekspertiza ko‘rigidan majburiy ravishda o‘tkazilishi va Amudaryo hamda Sirdaryoning quyi qismlaridagi davlatlar bilan kelishilishi lozim”, - qayd etdi Abdusamatov.

Top