17:00 / 14.10.2015
3086

Raul noyabr oyida katta futbolni tark etmoqchi

"Real" klubining sobiq hujumchisi Raul faoliyatini yakunlash niyatida. Ayni vaqtda "Nyu York Kosmos" klubi hujumchisi hisoblanadigan futbolchi bu niyati haqida klub rahbariyatini ogohlantirgan va noyabr oyida butsalarini mixga ilishni rejalashtirgan.

"Raul hozircha bu borada yakuniy qarorga kelganicha yo‘q. Ammo kuzda katta futboldan ketishi deyarli aniq bo‘lib qolgan", deb yozadi As nashri.

Futbolchining bunday qarorga kelishiga 38 yoshida mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda to‘liq kuch bilan ishlash imkoni cheklangani bilan bog‘liq.

Shuningdek, u o‘z oilasiga ko‘proq vaqt ajratishni istmoqda.

Top