06:44 / 14.10.2015
3923

Rossiya BMTning maxsus elchisidan AQShga IShID haqida ma'lumotlar olish muhimligini tushuntirishni so‘radi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov BMTning maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan uchrashuvi davomida undan Vashingtonga Suriyada IShIDning aniq parametrlarini olish muhimligini yetkazib qo‘yishini so‘radi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Men janob de Misturadan Vashingtonga Suriyada harakat qilayotgan IShID bandalari haqida aniq parametrlar, ularning joylashgan o‘rni, nishonlarini olishning muhimligini yetkazib qo‘yishini so‘radim”, deb aytdi Antonov.   

Antonovning aytishicha, Rossiya “Pentagon va Rossiya Mudofaa vazirligi bilan yaqindan hamkorlikni o‘rnatishning muhimligini” ta'kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, de Mistura Suriya ixtilofini hal qilish uchun umumiy siyosiy yondashuv zarurligini aytdi.

Top