06:59 / 14.10.2015
3639

Sergey Lavrov: Rossiya va AQSh umumiy dushman oldida birlasha olishi tarixdan ma'lumdir

Rossiya va AQSh o‘zaro mafkuraviy ziddiyat mavjud bo‘lganiga qaramasdan, fashizmga qarshi birlasha olgan ekan, terrorchilikka qarshi kurashda ham o‘z sa'y-harakatlarini birlashtira olishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Bu haqda Rossiya prezidenti BMT Bosh assambleyasidagi nutqida ham aytib o‘tdi. Mohiyatan, u bu o‘xshashlikni sovet ittifoqi G‘arb nuqtai nazaridan yovuzlik hisoblangan, antigitler koalitsiyasi yaratilgan davr bilan keltirib o‘tdi. Biroq fashizm, o‘zining yangi tartibi bilan Gitler paydo bo‘lganda, unda kommunizm va kapitalizm, sotsialistik xo‘jalik va bozor iqtisodiyoti o‘rtasidagi mafkuraviy qarama-qarshiliklar haqida gapirishga umuman o‘rin yo‘q edi”, deb ta'kidlamoqda Lavrov.

Lavrov bugun Ikkinchi jahon urushi davridan farqli, turli tizimlar o‘rtasida mafkuraviy qarama-qarshiliklar yo‘q, deb aytdi. “O‘shanda ikkita bir-biriga qarama-qarshi turgan tizimlar hayot uchun xavf tahdid qilayotganini tushunib, umumiy, juda berahm dushman oldida birlasha olgan bo‘lsalar, unda hozir ko‘plab masalalar bo‘yicha bizning barcha o‘zaro sa'y-harakatlarimiz tajribasi, “sovuq urush” tajribasi asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarib va u yoki bu masalalar, ular ikkinchi o‘rindagi masalalardir, bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lishiga qaramasdan shunday koalitsiya yarata olishi mumkin bo‘lardi”, deb qo‘shimcha qildi Lavrov.  

Top