22:15 / 14.10.2015
13792

Suriya mojarosi: 14 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Eron Suriyadagi jangarilarga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi>>

Suriya armiyasi Eron va "Hizbulloh" tashkilotlari hamkorligida Halabdagi jangarilarga qarshi keng miqyosli hujumga o‘tishga tayyorlanmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Sergey Lavrov: Yaqin Sharqda terrorchilikning yoyilishi davlatlar barbod qilinishi bilan bog‘liq>>

Yaqin Sharqda terrorchilikning yoyilishi muammosi davlatchilikning barbod qilinishi bilan bog‘liq. Bunday fikrni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda>>

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

Oq uy: Suriyada Rossiya bilan urush “o‘zga qo‘llar” bilan bo‘lmaydi>>

Suriyada AQSh va Rossiya o‘rtasidagi urush “begona qo‘llar” bilan bo‘lmaydi. Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest bu haqda brifing paytida jurnalistlarga aytgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama bu haqda avvalroq bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagonga Suriyada parvozlar xavfsizligi bo‘yicha takliflar yubordi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelishuvlar loyihasini tayyorladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Reuters axborot agentligi Suriya armiyasining Halab uchun jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Eron va “Hizbulloh” tashkiloti yordamida Halab shahrini jangarilardan ozod qilish uchun harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

NYT: Suriyadagi muxolifat jangarilari AQShdan aviatsiyaga qarshi qurol-aslaha so‘ramoqda>>

Suriya muxolifati jangarilari qo‘mondonlari Rossiya mamlakatda operatsiya boshlaganidan keyin ularga AQShning tankka qarshi yirik qurol-aslahalari yetkazib berilayotganini ta'kidlamoqdalar, deb yozmoqda New York Times nashri.

BMT: Suriya shimolida 40 ming kishi uylarini tashlab chiqib ketdi>>

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bergan bayonotga ko‘ra, oxirgi besh kun ichida Suriya shimolida 40 ming kishi vaziyatning murakkablashgani bois o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Le Point: Rossiya-G‘arb: 1-0>>

Rossiya Suriyada amalga oshirayotgan harbiy operatsiya G‘arb davlatlari koalitsiyasining aviazarbalaridan ko‘ra ancha kuchli samara bermoqda, deb tan oladi Fransiyaning Le Point nashri.

Misr telekanali Suriyadagi urushlar o‘rniga videoo‘yin tasvirlarini ko‘rsatdi>>

Misrning Sada el Balad telekanali rus loyihachilari tomonidan Suriyadagi urushga bag‘ishlab ishlab chiqilgan aviasimulyatorni haqiqiy janglar sahnasi o‘rniga namoyish etdi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Suriyadagi janglarda eronlik 2 general halok bo‘ldi>>

Suriyada jangarilarga qarshi olib borilgan janglarda ishtirok etayotgan eronliklar armiyasining 2 nafar generali halok bo‘ldi. Bu haqda "Tasnim" axborot agentligi xabar bergan.

Rossiya Suriyada hokimiyat qurolli to‘ntarish yo‘li bilan o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi>>

Suriyada hokimiyat qurolli to‘ntarish yo‘li bilan amalga oshirilishi xalqaro huquqning buzilishi bo‘ladi, shu bois Rossiya bunga qarshi kurashmoqda. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi elchisi Aleksand Kinshchak bayonot berdi.

TIV: Rossiya Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin Suriya davlatchiligini saqlab qolish tarafdori>>

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo Suriya davlatchiligini saqlab qolish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

Rossiya aviatsiyasi bir sutka ichida IShIDning 40 obektiga hujum uyushtirdi>>

Rossiya harbiy samolyotlari oxirgi bir kun ichida Suriyada IShIDning 40 obektiga hujum uyushtirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Top