18:10 / 14.10.2015
4670

Xabarovskdagi savdo markaziga ayiq bostirib kirdi (video)

2015 yilning 14 oktabr kuniga o‘tar kechasi bir yoshli ayiq Rossiyaning Xabarovsk shahridagi savdo markazlaridan birining kirish eshigini boshi bilan buzib ichkariga kirgan. Bu haqda «Interfaks» mahalliy huquq-tartibot idoralari bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Ayiq Amur daryosini suzib o‘tib, «Yerofey-Arena» sport kompleksiga qadar yetib kelgan. Keyin «Podsolnuxa» savdo markazining eshigini boshi bilan buzib foyega bostirib kirib olgan. Yirtqich taxminan besh daqiqa mobaynida yugurib yurgan, bu qo‘riqchilarni dahshatga soldi. Shundan so‘ng politsiya chaqirildi, deyiladi tashkilot bergan ma'lumotida.

Ayiqni ushlash jarayoni bir yarim soat vaqtni olgan. Yirtqichni tutish jarayonida yettitadan ortiq yo‘l-patrul xizmati ekipaji qatnashdi. Ayiq bolalar bog‘chasi hududiga quvib kirilgach, o‘qqa tutilgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Xabarovsk o‘lkasiga yil davomida ayiqlarning tashrif buyurishi o‘ttizdan ortiq holatlarda qayd qilingan. Shundan to‘rt marotaba ayiqlar Xabarovsk shahrining o‘ziga kirib kelishgan. Yirtqichni panjalaridan bir nafar qishloq fuqarosi halok bo‘lgan.

Top