17:59 / 14.10.2015
5081

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib kelgan erkaklar qo‘lga olindi

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib olib, ularni turli hududlarda sotib kelgan bir guruh odamfurushlar qo‘lga olindi. The South China Morning Post nashrining yozishicha, jinoyatchilar asiralarini cho‘chqaxonada saqlab kelishgan.

Jinoiy guruh ikki yillik faoliyati mobaynida 10 nafar ayolni sotishga ulgurgan. Ularning asosiy xaridorlari kambag‘al tumanlarda istiqomat qiluvchi keksa insonlar bo‘lgan. Ulardan har biri bunday “rafiqa” uchun 50-100 ming ayun atrofida (7 ming dollar) to‘lagan.

Aytilishicha, aqli noqis qizlar kambag‘al oilalarda ortiqcha tomoq hisoblanadi. Shu bois ota-onalari ularni odatda jon deb sotib yuborgan. Boz ustiga, qulfurushlar bu qizlarni yaxshi insonlarga erga berishni va'da qilishgan.

Top