15:50 / 14.10.2015
5515

Xitoylik styuardessalar aviakompaniya xodimlari o‘rtasidagi g‘ayrioddiy marosimdan shikoyat qilishmoqda

Xitoyning Kunming Airlines aviakompaniyasi internetda bort kuzatuvchilaridan birining samalyotda yuqori qismdagi qo‘l yuklari uchun mo‘ljallangan joyda yotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘lganidan so‘ng mojarolar qurshovida qolib ketdi.

Fotosuratga bildirilgan izohlarda qayd etilishicha, kompaniya xodimlari o‘rtasida yangi ishga kirgan styuardessalar 30-50 soatgacha shunday holda yotish an'anasi mavjud. Bu odat kompaniya xodimlari orasida bir necha yillardan buyon mavjud.
Xitoy markaziy telekompaniyasi (CCTV)ning ma'lum qilishicha, ko‘plab styuardessalar mazkur marosimda qatnashishni istamagan, biroq mehnat jamoasining tajribali a'zolari o‘zlarining doirasiga qo‘shmay qo‘yishlaridan cho‘chib, bu ishni amalga oshirishgan.

Ayrim xodimalar shu munosabat bilan kompaniya rahbariyatiga shikoyat qilgan, ammo CCTVning qayd etishicha, ma'muriyat tomonidan hech qanday chora qo‘llanilmagan. Kompaniyaning izoh berishicha, bu odat ish vaqtida amalga oshirilmagan va parvozlar xavfsizligiga hech qanday salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

Top