12:31 / 15.10.2015
3125

«Barselona» bugun FIFAga Arda Turanning zayavkasiga ruxsat berishini so‘rab murojaat qiladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoa yarimhimoyachisi Arda Turanning zayavkasini 2016 yilga qoldirmaslik bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda.
Katalonlar jamoasi direktorlar kengashi bu borada FIFA apellyatsiya komissiyasiga yana bir bor murojaat qilish haqida qaror qabul qilishgan.

Ma'lumot uchun, FIFA «Barselona» jamoasini 2016 yilning yanvarigacha o‘z tarkibiga yangi futbolchilarni zayavka qilish huquqidan mahrum etgan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biri uzoq muddat safga chiqqan taqdirda uning o‘rniga boshqa futbolchini zayavkaga kiritish huquqidan foydalanish maqsadida Ispaniya futbol ligasi rahbariyatiga murojaat qilgan ular bu qarorga ijobiy javob qaytarishgandi. Biroq FIFA jamoaga 2016 yilning 1 yanvariga qadar qo‘yilgan taqiqni bekor qilmasligini ma'lum qilgan.

«Barselona» FIFAga shu masalada shu vaqtgacha 3 marta murojaat qilib, rad etilgan.
Agar FIFAning appellyatsion komissiyasi «Barselona» foydasiga qaror chiqarmagan taqdirda ular CASga murojaat qilishadi. Arbitraj sudining qarori ijobiy yakun topsa turkiyalik futbolchi noyabr oyi oxiriga qadar kataloniyaliklar safida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Top