13:50 / 15.10.2015
12041

Bundesver Termizni tark etmoqda

Germaniya mudofaa vazirligi 2015 yil oxiriga qadar Termiz shahri aeroportidagi tayanch punktini yopadi. Deutsche Welle nashrining yozishicha, bu maqsadda shaharga 40 nafar harbiy xizmatchi yo‘llangan.

Germaniya harbiylari Termizda 2002 yilning 15 fevral kuni joylashtirilgan edi. Tayanch punkti 10 yil davomida Afg‘oniston shimolida faoliyat yuritgan kontingent ta'minoti bilan shug‘ullandi.

Ammo 2013 yil oxirida Germaniya harbiylari Afg‘onistondan chiqib ketdi. 2015 yil avgustidan buyon Bundesver AQSh harbiy-transport aviatsiyasi xizmatlaridan foydalanib kelmoqda, shu bois O‘zbekistondagi punktdan voz kechilgan.

Top