08:33 / 15.10.2015
2779

Daewoo Shipbuilding ikki kvartal yakuniga ko‘ra 3 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Janubiy Koreyaning Daewoo Shipbuilding & Marine Engineering kema yasovchi koporatsiyasi 2015 yilning uchinchi kvartalida 1 trln von (873 mln dollar) ziyon qayd etdi, deb ma'lum qilmoqda «Yonxap».

Ikkinchi kvartalda ham 2,39 trln von (2,08 mlrd dollar) imqdorida zarar qayd etilgan edi.

Bu zararlar, asosan, kompaniyaning chet eldagi bo‘limlari va bozordagi pasayish miqdorining yuqoriligi sabab bo‘lgan. Kreditorlarning ma'lum qilishicha, oy oxiriga kelib korporatsiya moddiy holatini yaxshilash uchun restrukturizatsiya rejasi ko‘rib chiqiladi.

Bozordagi yirik kompaniyalar ham shunga yaqin ziyon ko‘rishgan. Bular qatoriga Samsung Heavy Industries va Hyundai Heavy Industries kompaniyalarini qo‘shish mumkin.

Top