09:48 / 15.10.2015
3433

Donald Tramp AQSh Maxfiy xizmatidan unga soqchi tayinlanishini talab qildi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Amerika Maxfiy xizmati hozirdan unga soqchi tayinlashini xohlamoqda. Bu haqda ayni paytda saylovoldi kampaniyasida respublikachi-nomzodlar orasida yetakchilik qilayotgan Tramp "Xill" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ogohlantirib o‘tishni istardimki, ular zimmasida ham javobgarlik yotishi kerak, - dedi tadbirkor AQSh Maxfiy xizmati rahbarlari to‘g‘risida so‘zlar ekan. – Shaxsan men AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama 2008 yilda bo‘lib o‘tgan avvalgi saylov kampaniyasida xuddi men kabi yaxshi natija ko‘rsatganida, unda Maxfiy xizmat soqchilari ertaroq bo‘lardi, degan fikrdaman”.

Uning qayd etishicha, hozirgi saylov kampaniyasida respublikachi nomzodlar ichida “eng ko‘p olomon”ni to‘plamoqda. “Men respublikachi bo‘lsam ham, ular shoshishmayapti. Ularga baribir”, - deya hazilomuz qo‘shimcha qildi Tramp.
Keyinroq so‘zlariga jiddiy ohang berib, Maxsus xizmatlarni o‘z vazifalarini bajarishda zaruratsiz harakatlarni amalga oshirishda ayblamoqchi emasligini aytib o‘tdi.

“Albatta ular men bilan nimadir sodir bo‘lishini xohlaydi, deb hisoblamayman. Lekin, menimcha, ular faolroq bo‘lib, men kabi “saylovoldi mitinglarda) 20 minglab odam to‘playotgan kishini himoya qilishga kirishishlari kerak”, - deya oydinlik kiritdi 69 yoshli Tramp.

Uning aytishicha, shaxsiy soqchilari ushbu masalada Maxsus xizmat vakillari bilan maslahatlashuvlarga kirishgan. Biroq hozircha ular biror javob olishmagan.
O‘z navbatida, Maxfiy xizmat Tramp xafsizligini ta'minlash bo‘yicha rasmiy murojaat kelib tushmagani, agarda shunday ariza taqdim etilsa, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi.

Top