23:36 / 15.10.2015
5318

Dunyoda eng katta haq oluvchi videobloger nomi e'lon qilindi

Forbes jurnali 2015 yilning 1 iyuniga ko‘ra, YouTube videoportalidagi eng katta haq oluvchi videblogerlar ro‘yxatini chop etdi.

Bu ro‘yxatda 1-o‘rinni PewDiePie taxallusiga ega Feliks Kellberg ismli shvetsiyalik videobloger egalladi. Unga tegishli kanal videoo‘yinlarga bag‘ishlangan hamda 40 mln dan ko‘proq obunachilarga ega. Jurnal ma'lumotiga ko‘ra, videbloger yiliga 12 mln dollar ishlab topadi. 2-o‘rinni Smosh nomli Yyen Xekoks va Entoni Padillya komedik dueti egalladi. Ularning daromadi 8,5 mln dollarni tashkil qiladi. Iyun oyida Smosh duetining birinchi to‘liq metrajli filmi chiqdi. Shuningdek, aka-uka Rafi va Benni Faynning Fine Brothers komedik dueti ham 2-o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni quyidagi videoblogerlar egallagan: Lindsi Stirling (6 mln dollar), Rhett & Link komedik dueti (4,5 mln dollar), videoo‘yinlar sharhlovchisi KSI (4,5 mln dollar), byuti-bloger Mishel Fen (3 mln dollar), boshlovchi komik Lilli Sinx (2,5 mln dollar), pranker Romen Etvud (2,5 mln dollar) va oshpaz Rozanna Panzino (2,5 mln dollar).

Top