14:38 / 15.10.2015
3445

Foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma'lum bo‘lgan konlarni tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.

Unga ko‘ra, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma'lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida geologiya-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan to‘lanadi.

Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga aniqlangan uglevodorod xomashyosining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma'lum bo‘lgan konlarni tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.

Top