19:41 / 15.10.2015
6435

Islom Karimov Qozog‘istonga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahriga keldi. Bu haqda UzAning Ko‘kshetau shahridagi muxbiri xabar bergan.

O‘zbekiston Prezidenti 16 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘ladigan Burabay shaharchasiga yo‘l olgan.

Avval xabar qilinganidek, davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Top