19:27 / 15.10.2015
4773

Internetda klyukva hosilini yig‘ish jarayoni tasvirlangan video joylashtirildi

Dronlar yordamida suratlar olishga ixtisoslashgan Gopher Aerial kompaniyasi AQShning Viskonsin shtatida klyukva hosilini yig‘ish jarayoni tasvirlangan videoni internetda joylashtirdi. Hosilni yig‘ishda insonlar bilan qatorda og‘ir texnikadan foydalaniladi.

Ushbu rolikka Mashable nashri e'tiborini qaratdi, bungacha esa rolik bir hafta ichida 15 mingta namoyish yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Klyukva (lot. Oxycóccus) — Shimoliy yarimsharning botqoqlarida o‘suvchi rezavor o‘simlik bo‘lib, barcha turlari iste'molga yaroqli, oshpazlik va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llanadi.

Top