12:18 / 15.10.2015
22807

Kun fotosi: Qibrayliklar NUJni suratga olishdimi yoki bu fotoshopmi?

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan surat shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

U joylashtirgan suratda osmondagi "uchar likopcha"ni ko‘rish mumkin.

Post ostida izoh qoldirganlar rasmga turlicha munosabatlar bildirishgan. Ba'zilar bu surat haqiqiy ekanligiga ishongan, ko‘pchilik esa bunga hazil bilan yondashdi.

Ko‘p o‘tmasda foydalanuvchilar bu smartfonlarning rasmlarni tahrirlashga mo‘ljallangan dasturidagi yangi effekt ekanligini, shu kabi surat bir kun oldin Qozog‘iston OAVlarida tarqalganini ta'kidlab o‘tishdi. Shundan so‘ng ular, bu "uchar likopcha"ni boshqa shaharlarning suratlariga joylashtirib, haqiqatni ayon qilishgan.

Top