20:21 / 15.10.2015
9243

KUN.UZ dayjesti: 15 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 15 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Turkiya bosh vaziri Anqaradagi terakt qurbonlari soniga aniqlik kiritdi>>

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luning aytishicha, Anqaradagi terakt tufayli 99 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar berdi.

Putin Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” I darajali ordeni bilan taqdirladi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” I darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqdagi buyruq huquqiy informatsiyalar portalida e'lon qilingan.

Putin Davlat dumasiga Injil va Qur'ondan olingan matnlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Davlat dumasiga Injil, Qur'on, Tanax va Ganjura kabi turli dinlarga mansub muqaddas kitoblarning mazmuni va ulardan olingan matnlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Nyu-Yorkdagi cherkov xizmatchilari o‘smirni tavba qilishdan bosh tortgani uchun o‘ldirib qo‘ydi>>

Amerika cherkovida ikki o‘smir kaltaklandi. Ular zo‘rlik bilan tavba qilishga majburlandi, deya xabar berdi Associated Press.

Putin va Nazarboyev Kaspiy tubini bo‘lishib olishdi>>

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizining shimoliy qismi tubini chegaralash haqidagi 1998 yil 6 iyulida imzolangan kelishuv protokoliga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjatni imzolashdi.

Rossiya harbiylari Afg‘oniston-Tojikiston chegarasini qo‘riqlay boshlashi mumkin>>

Rossiya Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani qaytadan himoya qilishga kirishishi mumkin, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Rossiya harbiylari Afg‘oniston-Tojikiston chegarasini qo‘riqlay boshlashi mumkin>>

Rossiya Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani qaytadan himoya qilishga kirishishi mumkin, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Nazarboyev Putinni “bo‘sh kelmaslik”ka chaqirdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Suriya masalasidagi spekulyatsiyalarga jiddiy e'tibor qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u “Islom terrorchilikka qarshi” forumini o‘tkazishni taklif qildi.

Ukraina Rossiyaga qarzi bo‘yicha ultimatum qo‘ydi>>

Ukraina hukumati rahbari Arseniy Yatsenyuk, agarda Rossiya 29 oktabrga qadar qarzni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha Kiyev taklif qilgan shartlarga ko‘nmasa, pullarni sud orqaligina olishi mumkin bo‘lishini aytdi.

Qirg‘izistonda qamoqxonadan qochgan mahbuslar haqidagi ma'lumotlar uchun 300 ming som miqdorida mukofot va'da qilindi>>

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mamlakat hududida qidirilayotgan jinoyatchilarni topishda yordam berganlarga 300 ming som miqdorida mukofot puli belgiladi. Bu haqda KirTAG nashri xabar tarqatdi.

Germaniya dunyo bo‘yicha Volkswagen`ning 2,4 mln avtomobili qaytarib olinishini ma'lum qildi>>

Germaniyaning Avtomobil transporti bo‘yicha federal mahkamasi (KBA), ekologik testni soxtalashtirish masalasi bilan bog‘liq ravishda Volkswagen`ga mamlakatlar hududidan jami 2,4 mln avtomobilini majburiy ravishda qaytarib olish topshirig‘ini berdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilgan.

Ekspert: yaqin yillarda MDHda vaziyat qizg‘in tus olib boraveradi>>

Rossiyalik ekspert, Tizimli tahlil va prognozlash markazi prezidenti Rostislav Ishchenko Sputnik agentligi bilan suhbatda MDHning istiqbollariga o‘z munosabatini bildirdi.

Telegraph: YeIning muhojirlar bo‘yicha rejasi barbod bo‘lish arafasida>>

Mamlakatlar qochqinlarni ish bilan ta'minlash va ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatish holatida emasligi sababli Yevropa Ittifoqining muhojirlar bo‘yicha rejasi xavf ostida, deya yozmoqda The Telegraph.

Xomsda terrorchilar tomonidan qatliom uyushtirildi>>

“Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkiloti jangarilari Xoms viloyatining Tirmala qishlog‘ida tinch aholini yoppasiga qatl qildi, deb xabar beradi Suriyaning Champress portali.

BMTda Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari saylovlari bo‘lib o‘tadi>>

BMT Bosh Assambleyasida Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari saylovlari bo‘lib o‘tadi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan delegatlar keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab 2 yil davomida strukturaga kiradigan 5 davlat nomini aniqlab berishadi.

AQShda shu yil hisobidan 24-mahbus qatl etildi>

Texas shtati rahbariyati 2001 yilda politsiyachini o‘ldirishda ayblanib o‘limga hukm qilingan shaxsning qatlini amalga oshirdi. Jazo o‘lim keltiruvchi inʼeksiya qilish yo‘li bilan amalga oshirildi.

OAV: Germaniya maxsus xizmatlari AQSh va YeI tashkilotlarini kuzatib kelgan>>

Germaniya federal razvedka xizmati 2013 yilga qadar Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQShning elchixonalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarini kuzatib kelgan. Bu haqda Spiegel Online nashri xabar berdi.

Yaponiyada navbatdagi atom reaktori ishga tushirildi>>

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida "Senday" AESning yana bir reaktori ishga tushirildi. Bu haqda Kyushu Electric Power (KEPCO) kompaniyasi xabar qildi.

Top