19:42 / 15.10.2015
6862

KUN.UZ dayjesti: 15 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga yurtimizga oid bo‘lgan, 15 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Qozog‘istonga jo‘nab ketdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 15 oktabr kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.

MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida 22ta masala ko‘rib chiqiladi>>

15 oktabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida MDHga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Qatardagi boks bo‘yicha JChni oltin medalsiz yakunladi>>

Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida finalga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.

Mobil aloqa operatorlariga aloqani yaxshilash vazifasi topshirildi>>

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekistondagi ayrim mobil aloqa operatorlari ishida kamchiliklar aniqlangani haqida xabar tarqatdi.

19 oktabr kuni O‘zbekistonda muzlash kuzatilishi mumkin>>

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 19 oktabr kuni kechasi O‘zbekiston hududida havo harorati 0-2 darajagacha tushib, ko‘p hududlarda muzlash yuz beradi.

Bundesver Termizni tark etmoqda>>

Germaniya mudofaa vazirligi 2015 yil oxiriga qadar Termiz shahri aeroportidagi tayanch punktini yopadi. Deutsche Welle nashrining yozishicha, bu maqsadda shaharga 40 nafar harbiy xizmatchi yo‘llangan.

Turkmaniston chegarachilari va bojxonachilari tamagirlikda ayblandi>>

Turkmaniston va O‘zbekiston chegarasida turuvchi ayrim chegarachilar va bojxonachilar chegaradan o‘tayotgan odamlardan pul tama qilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda jurnalist G‘ayrat Davletov material e'lon qildi.

Lotte Ustyurt GKK qurilishi yakunlanganini ma'lum qildi>>

Janubiy Koreyaning Lotte Chemical kompaniyasi Ustryurtdagi Surgil koni ustidagi gaz-kimyo kombinati qurilishi yakunlanganligini ma'lum qildi.

O‘zbekistonda 100ta yangi tekstil korxonasi tashkil etiladi>>

Yaqin 5 yil ichida O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokida tekstil sanoati yo‘nalishida 100ta yangi qo‘shma korxona tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasi chog‘ida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston yengil sanoat rivojiga 900 mln dollar yo‘naltiradi>>

2019 yil oxiriga qadar O‘zbekiston tekstil sanoati yo‘nalishida umumiy qiymati 918 mln dollar bo‘lgan 77 loyihani amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zbekengilsanoat” vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev: bu yil terilgan paxtaning 98 foizi oliy va birinchi navli>>

O‘zbekistonda bu yil terilgan paxtaning 98 foiz — oliy va birinchi navli, dedi o‘z nutqida Respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida.

O‘zbekistonda 2030 yilgacha energiya quvvati uchdan bir qismga oshiriladi>>

O‘zbekistonda 2030 yilga qadar milliy energotizim quvvati qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga 28 foiz yoki 3,443 GVtga o‘sib, 15,8 GVtga qadar ortadi. Bu haqda 15 oktabrda e'lon qilingan “Milliy iqtisodiyotning past-uglerodli rivojlanishga o‘tishda O‘zbekistonga ko‘maklashish” loyihasida so‘z boradi.

2017 yilda birinchi o‘zbek-koreys tekstil texnoparki ochiladi>>

Toshkentda o‘quv-tadqiqot tekstil texnoparkini tashkil etish ishlari boshlandi, deya xabar qildi Sputnik agentligi “O‘zbekengilsanoat” vakilining XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida bergan ma'lumotiga asoslangan holda.

Ekspert: MDH sammitida kelajak muhokama qilinadi>>

Siyosiy ekspert Innokentiy Adyasov Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan MDHga a'zo davlatlar yetakchilarining sammitiga munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda yiliga 1 million tonnaga yaqin paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda>>

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Ibragim Ergashev XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida ma'lum qildi.

Top