10:23 / 15.10.2015
4711

Nyu-Yorkdagi cherkov xizmatchilari o‘smirni tavba qilishdan bosh tortgani uchun o‘ldirib qo‘ydi

Amerika cherkovida ikki o‘smir kaltaklandi. Ular zo‘rlik bilan tavba qilishga majburlandi, deya xabar berdi Associated Press.
Hodisa 11 oktabr kuni tunda Nyu-York shtatidagi Nyu Xartford shahrida sodir bo‘lgan.

19 yoshli Lukas Leonard va uning 17 yoshli ukasi Kristofer zo‘ravonlikka duch kelgan.
“Bir necha soat davomida ular ustidan gunoh sodir etganini tan olish va tavba qilish qilish umidida zo‘ravonlik ko‘rsatilgan”, - dedi shahar politsiyasi vakili Maykl Inserra.

Ma'lum bo‘lishicha, to‘rt nafar cherkov xizmatchisi, o‘smirlarning ota-onasi Bryus va Debora Leonard, shuningdek, katta opasi Sara Fergyuson ularga ko‘plab tan jarohatlarini yetkazishgan. Politsiya 12 oktabr kuni qarindoshlar katta o‘g‘ilni shifoxonaga olib kelishganidan so‘ng tergov ishini boshlagan. O‘smir olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Kichik ukasini esa cherkovning ikkinchi qavatida topib, shifokorlar huzuriga olib kelishdi.
O‘smirlarning ota-onasiga qotillik, boshqa to‘rt cherkov xizmatchisi va halok bo‘lganning opasiga jismoniy zo‘ravonlik aybi qo‘yildi.
Gumondorlar o‘z aybiga iqror bo‘lishgani yo‘q. Oiladagi yetti farzandning to‘rt nafari vasiylik organlari qo‘liga topshirildi.

Top