10:01 / 15.10.2015
3722

OAV: Germaniya maxsus xizmatlari AQSh va YeI tashkilotlarini kuzatib kelgan

Germaniya federal razvedka xizmati 2013 yilga qadar Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQShning elchixonalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarini kuzatib kelgan. Bu haqda Spiegel Online nashri xabar berdi.

Aytilishicha, Germaniya razvedkasi asosan Fransiya va AQShga tegishli obektlarni jiddiy kuzatgan.

Germaniya hukumati bu borada bundestag nazorat komissiyasiga ma'lumot bergan.

Top