15:57 / 15.10.2015
3061

Putin: Rossiya va Qozog‘iston Kaspiy neftini olish bo‘yicha katta rejalarga ega

Rossiya va Qozog‘oziston Kaspiy tubining uglevodorod zaxiralari bo‘yicha katta rejalar tuzgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostonada qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Bizda Kaspiydan birgalikda neft olish bo‘yicha katta rejalar bor”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Eslatib o‘tamiz, Ostonada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar rivoji, shuningdek, YeIIning istiqbollari yuzasidan fikr almashilishi aytilgan.

Top