11:47 / 15.10.2015
3263

Putin va Nazarboyev YeIIning istiqbollarini muhokama qilishdi

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Ostonadagi uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni, shuningdek, YeIIning istiqbollarini muhokama qilishdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

Putin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni “shunchaki o‘zaro ishonchga asoslanmagan, ular tom ma'noda ittifoqchilikdir”, deb baholadi.

Ikki tomon ham, dunyodagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligiga qaramay, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida rublga asoslangan savdoning o‘sib borayotganini e'tirof etdi.

Top