18:11 / 15.10.2015
5494

Rossiya samolyotlari IShID qo‘mondonlik punkti, fugaslar sexi va artbatareyani yo‘q qildi

Rossiya harbiylari bir kun davomida Suriyadagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan an'anaviy ravishda hisobot berishdi.
Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkovning matbuot anjumani chog‘ida ta'kidlab o‘tishicha, aviazarbalar natijasida IShID qo‘mondonlik punkti, fugaslar sexi va artilleriya batareyasi yo‘q qilingan.

Bu ishlar Halab viloyatining Qusayr al-Vard aholijoyida amalga oshirilgan.
“Qoidalarga muvofiq tashkil etilgan artilleriyaning mavjudligi IShID tarkibida harbiy tayyorgarlikka ega professionalligining borligidan dalolat beradi”, - dedi Konashenkov.

Top