17:29 / 15.10.2015
3999

Shaharlarning ofis ijarasi narxlari bo‘yicha reytingi e'lon qilindi

Knight Frank kompaniyasining maxsus tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Unda shaharlarning ofislarni ijara berish narxlari bo‘yicha reytingi aks etdi. Tadqiqot 2015 yil 2-choragi ko‘rsatkichlari asosida tayyorlandi.

Birinchi o‘rin Gongkongga nasib qildi. Unda ijaraning o‘rtacha narxi 2 747 dollarni tashkil qildi. Undan keyingi o‘rinlarni Nyu-York (1645 dollar) va Tokio (1344 dollar) egalladi.
Shuningdek, kuchli o‘nlikka London, San-Frantsisko, Boston, Moskva, Melburn, Frankfurt, Dubay, Taybey kabi shaharlar kirdi.

Top