08:28 / 15.10.2015
4867

Tolibonlar afg‘onistonlik 29 nafar chegarachini o‘ldirib ketishdi

Afg‘oniston hukumati janubdagi Hilmand viloyatida tolibonlar hujumi natijasida 29 nafar chegarachi halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Ma'lum qilinishicha, chegara punktidagi janglar 3 kun davom etgan. Chegarachilarga yordam kuchlari yetib bormagan.

Otishmalar vaqtida 21 chegarachi halok bo‘lgan. Yana 8 nafar harbiy asirlikka tushgan, lekin ular ham o‘ldirib yuborilgan. Jangarilar ko‘rgan talofatlar haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Bu voqea bilan bir vaqtda tolibonlar Qunduzni tark etishgandi.

Shu kuni G‘azna va Hilmand viloyatlarida jangarilar tomonidan harbiylarga yana ikki marta hujum uyushtirilgan.

Top