13:46 / 15.10.2015
5797

Turkmaniston chegarachilari va bojxonachilari tamagirlikda ayblandi

Turkmaniston va O‘zbekiston chegarasida turuvchi ayrim chegarachilar va bojxonachilar chegaradan o‘tayotgan odamlardan pul tama qilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda jurnalist G‘ayrat Davletov material e'lon qildi.

Aytilishicha, turkmanistonlik harbiylar chegaradan o‘tayotganlarga nisbatan behurmat munosabatda bo‘lib, asossiz tekshiruvlar uyushtiradi va turli yo‘llar bilan biror to‘lov undirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, turkmanistonlik chegarachilari ko‘pincha to‘lovni mahsulot yoki sigaret bilan undirishga harakat qiladi.

Davletovning yozishicha, oxirgi paytlarda ular odamlardan O‘zbekiston SIM-kartalarini so‘ray boshlagan.
Misol tariqasida katta leytenantlar R. Xamiyev va D. Aqqiyevlar Qarshi magistral kanali ekspluatatsiyasi boshqarmasi ishchilaridan xizmat yuzasidan chegarani kesib o‘tishi evaziga har safar bir qutidan sigaret so‘rashi keltirildi.

Top