09:44 / 16.10.2015
3526

Arsen Venger "Arsenal" murabbiyligidan qachon ketishiga ishora qildi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger qanday holatda jamoani tark etishi hamda jamoaning YeChLdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Men jamoa bilan shartnomamning oxirgi kunigacha ishlayman. Bu muddat ichida "Arsenal"ga g‘alabali onlarni qaytarish uchun ishlayman. Agar jamoa mensiz yaxshi natijalarga erisha olishiga ishonchim komil bo‘lsa, o‘sha zahoti klubni tark etaman. Shuningdek, mening o‘rnimga keladigan murabbiy mendan yaxshiroqligiga ishonchim komil bo‘lishi lozim.

Zimmamda katta mas'uliyat bor. Bu jamoa odamlar uchun nimani anglatishini juda yaxshi bilaman. Ular jamoa mag‘lubiyatga uchragan kunlarda qanday ahvolga tushishlarini bilaman.

YeChL borasida esa shuni aytishim kerakki, bu mavsumdagi ishtirokimiz yaxshi bo‘lmayapti.
Lekin unutmaslik kerakki, "Arsenal" YeChLda 150 martadan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Odamlar esa shundan 3taginasi bo‘yicha xulosa qilmasligi kerak. Agar jami o‘yinlarni hisoblasak, YeChLda eng ko‘p g‘alabali o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha "Arsenal" eng yaxshi 5ta jamoadan biri bo‘ladi", deydi Venger.

Top