17:01 / 16.10.2015
3165

Atambayev: MDHni Yevrosiyo integratsiyasining yangi sharoitlariga moslashtirish kerak

MDH ham bugungi kun bilan barobar qadam tashlashi Yevrosiyo mintaqasidagi integratsiyaning yangi sharoitlariga moslashib borishi lozim. Bu haqda Qirg‘izston prezidenti Almazbek Atambayev MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

“Chiqishi chog‘ida davlat rahbari integratsiyani eng muhim omil deb hisoblashi va Hamdo‘stlik davlatlariga kun tartibiga yangi sharoitlarga moslashishni qo‘yishga chaqirdi. Qirg‘iziston MDHning 2016 yilgi raisi sifatida merosiylik prinsiplariga qat'iy amal qilish va MDH manfaatlarini qat'iy himoya qilishga tayyor”, - deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Top