15:44 / 16.10.2015
3100

«Barselona» van Persining agenti bilan muzokara o‘tkazmoqda

«Barselona» jamoasi gollandiyalik hujumchi Robin van Persini transfer qilish borasida jiddiy harakatlarini boshladi.

Algemeen Dagblad nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» jamoasi sport ishlari direktori Roberto Fernandes Gollandiya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasida Yevro-2016 turniri saralash bosqichidagi uchrashuvni kelib tomosha qilgan va unda van Persining harakatlarini kuzatgan.

Gollandiyadagi nashrlarda yozilishicha, kataloniyaliklar 32 yoshli bu hujumchining agentlari bilan bog‘lanishgan. Ushbu transfer qishki transferlar vaqtidayoq amalga oshirilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda Turkiyaning "Fenerbahche" jamoasi a'zosi bo‘lgan Robin van Persi jamoa bosh murabbiyi Vitor Pereyra bilan yaxshi munosabatda emas va bu futbolchining Ispaniyada faoliyatini davom ettirishida asosiy omilga aylanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, van Persi Turkiya Oliy ligasining joriy mavsumida 7ta turda 3ta gol urdi.

Top