21:15 / 16.10.2015
6057

Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga tegishli bo‘lgan to‘rsimon panjaraning bir bo‘lagi topildi

Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyi fondida 1887 yilda general-leytenant Baranov tomonidan olib kelingan Amir Temur maqbarasiga tegishli bo‘lgan to‘rsimon panjarasining bir bo‘lagi topildi.

Sputnik nashri xabariga ko‘ra, 1868 yilda Chor Rossiyasining O‘rta Osiy kampaniyasi vaqtida general-leytenant Baranov boshchiligidagi batalon Samarqandga kirgan. Samarqandning shahrining bir qismi va Go‘r Amir mavzoleyi xaroba holda edi. Muzey xodimining so‘zlariga qaraganda, Samarqand shahri va shu jumladan Go‘ri Amir mavzoleyi 18 asrda eronlik Nodir shoh istilosi vaqtida buzilgan edi.

Tarix bilan qiziquvchi general-leytenant Baranov, xarobalarda aylanib yurib, ushbu panjara bo‘lagini topgan va uni o‘zi bilan olib ketishga qaror qilgan.

“Panjara bo‘lagi qalinligi 10 santimetr, balandligi – 15 sm, uzunligi 50smdan uzunroq. Bu narsa haqiqiy va jahon tarixinng bir bo‘lagi”, — dedi tarixchi Neuymin.

Muzey xodimining so‘zlariga qaraganda, topilgan narsa katta tarixiy qiymatga ega emas, chunki ushbu maqbara allaqachon o‘rganib bo‘lingan. Samarqand va toshkentlik hamkasblar bu bilan qiziqishmadi.

Go‘ri Amir mavzoleyi 1950 yillarda ta'mirlangan vaqtda maqbara panjaralari ham yangidan yasalgan.

Top