16:37 / 16.10.2015
4380

G‘uzorlik haydovchi rahbariyatga tuhmat qilganlikda ayblandi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi avtojamlanmalardan birining haydovchisi rahbariyatga tuhmat qilganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.

O. Nabiyev prokuraturaga shikoyat xati yo‘llab, unda jamlanma rahbari A. Bozorovni maoshlarni o‘zlashtirishda, davlat mulkidan o‘z mulkiday foydalanishda aybladi. Shuningdek, korxonaning boshqa rahbar xodimlariga ham turli ayblar qo‘yildi. Jumladan, xodimlar O‘. Bahromov va A. Hasanovlar poraxo‘rlikda, bosh hisobchi E. Akmalov esa odam o‘ldirganlikda ayblandi.

Prokuratura xodimlari olib borgan tekshiruvda bu da'volarning barchasi yolg‘onligi isbotlandi. O. Nabiyev esa yolg‘on axborot berish hamda tuhmatda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. U aybiga iqror bo‘lgani, shuningdek, hamkasblari uni kechirganliklari inobatga olinib, haydovchiga nisbatan hech qanday jazo qo‘llanmadi.

Top