15:30 / 16.10.2015
7522

Internetda Qirg‘izistondagi izolyatordan qochgan terrorchini yo‘q qilish operatsiyasi tasvirlangan video tarqaldi

Internetda dron orqali tasvirga olingan Qirg‘izistondagi izolyatordan qochgan terrorchini yo‘q qilish uchun o‘tkazilgan maxsus amaliyot videosi paydo bo‘ldi.

Bugun, 16 oktabr kuni Bishkek shahri shimolidagi “Do‘rdoy-7” va "Enasoy" dahalaridagi qurilish maydonlarida Qirg‘iziston politsiyasi tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchioarni yo‘q qilish operatsiyasini o‘tkazdi. Ulardan biri amaliyot chog‘ida o‘ldirilgan. Ikkinchisi Azamat Musuraliyev yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Qodiraliyev Qirg‘izistonda faoliyati man qilingan “Jaysh ul-Mahdiy” tashkilotining a'zosi edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 12 oktabr kuni Quyi Norus Chuy viloyati hududida to‘qqiz nafar jinoyatchilar qochishga uringan, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ularning besh nafari qo‘lga olingandi.

15 oktabr kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mamlakat hududida qidirilayotgan jinoyatchilarni topishda yordam berganlarga 300 ming som miqdorida mukofot puli belgilagani xabar qilingandi.

Top