21:41 / 16.10.2015
10414

KUN.UZ dayjesti: 16 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga yurtimizga oid bo‘lgan, 16 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Elnur Abduraimov Rio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi>>

Qatarda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Elnur Abduraimov (-60 kg.) kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Rio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun jangda braziliyalik Robson Konseysaoga qarshi ringga chiqdi.

UNIStream to‘lov tizimi orqali eng katta hajmdagi pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilgan>>

UNIStream xalqaro to‘lov tizimining 2015 yilning yanvar-iyun oylari uchun aylanmasi 100 mlrd rublga yetdi hamda 2014 yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Bu haqda to‘lov tizimining operatori bo‘lgan “Yunistrim” bankida ma'lum qilindi. 

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari 10 mln dollardan ko‘proqqa nemis uskunalari sotib olmoqchi>>

Germaniyaning to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi Saurer Schlafhorst kompaniyasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari bilan 10 mln dollardan ko‘proq summaga shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya vakili Gerold Gonskga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

Qatardagi JChda O‘zbekiston terma jamoasi yettinchi o‘rinni egalladi>>

Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 9 nafar sportchidan 6 nafari sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. 

Xitoy va Eron O‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari ro‘yxatida>>

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda yetishtirilayotgan paxtaning asosiy qismini Bangladesh, Xitoy, Janubiy Koreya va Eron xarid qilmoqda.

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi, inqirozga qaramay, o‘smoqda>>

Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligining ma'lum qilishicha, joriy yilning uch choragi mobaynida o‘zaro tovar aylanmasi 8.8 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 67 foizga ko‘proqdir.

MXX san'at muzeyiga XIX-XX asrlarga oid 32 kartinani qaytardi>>

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat san'at muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan XIX-XX asrlarga oid 32 kartinani tezkor tadbir davomida aniqlab, muzeyga qaytardi. Bu haqda MXX xodimi Laziz Ibodxo‘jayev ma'lumot berdi.

Navoiyda 5000 so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirgan shaxs qo‘lga olindi>>

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan Zarafshon shahrida yashovchi 41 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

Toshkentda mobil aloqa operatorlari umumiy yig‘ilish o‘tkazdi>>

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va mobil aloqa qamrov hududi hamda tarmoq sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan texnik me'yorlariga keltirish hamda abonentlarning mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini ta'minlash yuzasidan 2015 yil 13 oktabrda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ma'muriy binosida mobil aloqa operatorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

G‘uzorlik haydovchi rahbariyatga tuhmat qilganlikda ayblandi>>

O. Nabiyev prokuraturaga shikoyat xati yo‘llab, unda jamlanma rahbari A. Bozorovni maoshlarni o‘zlashtirishda, davlat mulkidan o‘z mulkiday foydalanishda aybladi.

Toshkent shahrida 2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan magistral ko‘chalar nomlari tasdiqlandi>>

2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan Toshkent shahridagi magistral ko‘chalar nomi tasdiqlandi. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashri Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatmoqda.

Markaziy Osiyodagi eng qadimiy ko‘prik Qarshida joylashgan>>

XVI asrda Qarshida bunyod etilgan ko‘prik Markaziy Osiyodagi eng qadimgi ko‘priklardan biri hisoblanadi. O‘rta asrlarda vaziyat o‘ta keskin bo‘lgani uchun ko‘priklar mutahkam bo‘lishi uchun ularni g‘ishtdan bunyod etishgan.

Amerikalik diplomatlar paxta terimlarida o‘zlarini o‘zbekistonlik deb tanishtirishdi>>

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi paxta dalalariga yo‘l olib, u yerda o‘zlarini O‘zbekiston TIV xodimlari va OAV vakillari deb tanishtirishdi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Top