21:00 / 16.10.2015
2915

"Lokomotiv" YeL doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi uchrashuvni muxlislarsiz o‘yingohda o‘tkazadi

Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Yevropa Ligasi musobaqasi guruh bosqichi doirasidagi navbatdagi tur uchrashuvini muxlislarsiz stadionda o‘tkazadi. Bunga jamoa muxlislari Albaniyaning "Skenderbeu" jamoasiga qarshi o‘yinda amalga oshirgan nomunosib xatti-harakatlari sabab bo‘ldi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar bergan.

Shuningdek, tashkilot moskvaliklar jamoasiga 20 ming yevro miqdoridagi jarima qo‘llagan.

Shu tariqa jamoaning 22 oktabr kuni "Beshiktosh" jamoasiga qarshi o‘yinida sektorlar muxlislar uchun yopiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" 1 oktabr kuni Moskvada "Skanderbeu"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

O‘yin vaqtida mahalliy muxlislar tribunadan turib maydondagi raqib futbolchilariga hamda boshqa tribunalardagi mehmon ishqibozlarga baqirgan holda irqiy kamsitishlarni amalga oshirishgani qayd etilgan.

Top