09:24 / 16.10.2015
3612

Pentagon kurd jangarilari qo‘liga qurol-aslaha tushib qolgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi

Pentagon o‘zining rasmiy vakili Piter Kukning Suriyada AQSh samolyotlari tomonidan muholifat uchun tashlangan qurol-aslahaning bir qismi kurd jangarilari qo‘liga tushib qolgani haqidagi ma'lumotini inkor etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizda Suriya muholifatidan boshqa kimgadir biror bir qurol-aslaha tushgani haqida ma'lumotlar yo‘q”, deyilmoqda rasmiy xabarda.

Avvalroq Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk qurol-aslahaning katta qismi Suriya muholifatiga tushgani, biroq bir qismi kurd qurollangan tuzilmalari qo‘liga o‘tganini ma'lum qilgandi.

Top