00:08 / 16.10.2015
3579

Poroshenko ingliz tilini davlatning ikkinchi tiliga aylantirish taklifini bayon qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ingliz tilini davlatning ikkinchi tiliga aylantirish borasida yagona to‘xtamga keldi, deb ma'lum qilmoqda TASS.

“Mamlakatda ikkita ishchi til — ukraincha va inglizcha joriy qilinadi. O‘ylaymanki Ukrainada yana bir ishchi tilning paydo bo‘lishi faqatgina yaxshi bo‘ladi. va bu til tabiiyki ingliz tili bo‘lmog‘i kerak”, — degan Poroshenko Kiyev-Mogilyansk akademiyasining 400 yillik tantanasida so‘zlagan nutqida.

Avvalroq Ukraina amaldorlari ham “Ukraindagi globalizatsiya” maqsadida yil davomida ingliz tilini o‘rganishlari lozimligi haqda xabar berilgan edi.

Top