09:09 / 16.10.2015
2677

Qirg‘izistonda 1596,9 ming tonna g‘alla yetishtirildi

Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasining xabar berishicha, asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yakunlariga ko‘ra, 9 oy ichida respublika miqyosida 1596,9 ming tonna g‘alla yetishtirilib, bu o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichdan 29,4 foiz ko‘p demakdir.

Hosildorlik gektariga 29,1 sentnerni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 882,6 ming tonna yoki 2014 yildagidan 4,9 foiz ko‘proq kartoshka hosili olindi, sabzavotlar esa o‘tgan yilga qaraganda 1,5 foiz mo‘lroq yetishtirilib, omborlarda 734,8 ming tonnalik hirmon paydo bo‘ldi.
Tamaki, paxta va yog‘-moy olinadigan o‘simliklar hosili o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Top