18:25 / 16.10.2015
3548

Rossiya Suriyaga gumanitar yordam samolyotlarini uchirdi

Rossiya FVV Suriyaga gumanitar yordam ortgan Il-76 maxsus samolyotini jo‘natdi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti".
“Bortida gumanitar yordam ortgan Il-76 samolyoti Rossiya hukumati ruxsati bilan Suriyaga parvoz etdi”, — deb ma'lum qildi Rossiya FVV.
U Latakiya viloyatiga 20 tonnali gumanitar yordam — go‘sht, baliq va sutli konservalar, shakar, shuningdek, to‘shak va birinchi yordamga kerak bo‘ladigan buyumlar yetkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, samolyot qaytishda Suriyadan Rossiya, MDH va boshqa xorij davlatlarining 80 nafarga yaqin fuqarosini olib qaytadi.

Top