12:26 / 16.10.2015
4288

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi, inqirozga qaramay, o‘smoqda

Tojikiston savdo aylanmasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarining tushishi sharoitlarida qo‘shni O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo o‘sib bormoqda. Bu haqda AsiaPlus nashri yozmoqda.

Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligining ma'lum qilishicha, joriy yilning uch choragi mobaynida o‘zaro tovar aylanmasi 8.8 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 67 foizga ko‘proqdir.

Yil boshidan buyon Tojikiston O‘zbekistonga 4.8 mln dollarlik mahsulot eksport qilgan, O‘zbekiston mahsuloti importi esa 4 mln dollarni tashkil qildi.
Umuman olganda, Tojikistonning MDH davlatlari bilan savdo hajmi 10.9 foizga qisqarib, 1.5 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2014 yil uch choragi ko‘rsatkichi – 1.9 mlrd dollar.

Top