19:12 / 16.10.2015
8969

WT: Putin muhojirlar inqiroziga nuqta qo‘yishi mumkin

Rossiya prezident Vladimir Putin Suriyadagi ommaviy muhojirlik inqiroziga nuqta qo‘ygan inson sifatida tarixda muhrlanishi mumkin, deb hisoblamoqda The Washington Times nashri.
Maqola muallifining yozishicha, Putin Suriyadagi harbiy harakatlarni boshlab, AQShning hozirgi prezidenti Baraka Obama Yaqin Sharqda uddasidan chiqa olmagan ishni uddalamoqda.

Qachonki suriyalik qochoqlar Yevropa tomon harakat qilganda Putin G‘arb tarafida turdi. Muhojirlarga yordam ko‘rsatish mazmuniga ega barcha dasturlarga qo‘shildi. Putin G‘arbni hududda tartibsizlik keltirib chiqarishda aybladi va muhojirlar inqirozini safsata, deb hisobladi.

Rossiya va Suriya o‘rtasidagi 1,5 ming km. li masofaga qaramay, Rossiya “bir hovuchgina bo‘lsada” qochoqlarni o‘z bag‘riga oldi, deb yozadi nashr kolumnisti. Uning fikricha, ikki chechen urushidan so‘ng, Rossiya boshqa mamlakatlardan kelgan musulmonlarni qabul qilishdan qo‘rqadi.

Vladimir Putin o‘ziga xos sovuqqonlik bilan muhojirlar inqorizaga nazar solmoqda. Faqat ugina Suriyadagi qon to‘kilishlarining oldini olishga qarshi chiqadigan yagona insondir, deb hisoblamoqda maqola muallifi.

Top