13:36 / 17.10.2015
3462

Apple patent huquqini buzgani uchun universitetga 230 mln dollar to‘laydi

Apple korporatsiyasi Medisondagi Viskonsin universitetiga 234 mln dollar to‘laydi. Sud qaroriga muvofiq, internet giganti muassasa xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyaning patent huquqlarini buzganlikda aybdor deb topildi.

Universitet kompaniyani o‘tgan yilning yanvarida sudga bergan edi. Aytilishicha, patent universitet tomonidan 1998 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Korporatsiya esa ruxsat olmasdan mikrochiplar yaratish texnologiyasidan foydalangan.

Bu huquqbuzarliklar iPhone’ning 5s, 6 va 6 Plus modellariga, shuningdek, iPad planshetining ayrim versiyalariga o‘rnatilgan protsessorlarda qayd qilindi.

Top